Samarqandda axborot kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish uchun 200 milliard so‘mga yaqin mablag‘ ajratiladi

 doc xls

Joriy yil yakuniga qadar Paxtachi, Payariq va Qo‘shrabot tumanlaridagi pochta aloqa bog‘lamalari raqamli transformatsiya qilinib, 15 turdagi elektron hukumat va bank xizmatlari ko‘rsatilishi yo‘lga qo‘yiladi.

Qo‘shrabot, Payariq, Kattaqo‘rg‘on, Narpay va Paxtachi tumanlarida raqamli texnologiyalar o‘quv markazlari tashkil etiladi.

Jomboy, Qo‘shrabot, Narpay, Oqdaryo, Past Darg‘om, Samarqand va Toyloq tumanlarida informatika va axborot texnologiyalariga ixtisoslashgan maktablar tashkil etiladi.

Viloyatdagi mahalla fuqarolar yig‘inlarining barchasida yuqori tezlikdagi internet xizmatlaridan foydalanish imkoniyati yaratiladi.

Yil yakunigacha amalga oshiriladigan bu ishlarga 197,5 milliard so‘m mablag‘ yo‘naltirilishi rejalashtirilgan.

(66) 235-24-60

Dush-Jum : 9.00 - 18.00
Tushlik : 13.00 - 14.00

center@samarkand.uz

Tez fursatda javob beramiz

Samarqand shahri

140157, Ko‘ksaroy maydoni, 1-uy.